AQSH qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi
Olam
−
06 may 2023 11418 1 daqiqa
Janubiy Koreyada AQSH harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 09:45da Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti poytaxt Seuldan 60 km janubda joylashgan Pxyontek shahridagi Osan aviabazasi yaqinida halokatga uchragan.
O‘t o‘chirish brigadalari qulagandan keyin yonib ketgan samolyotni o‘chirishga harakat qilgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, hodisa natijasida fuqarolik inshootlariga zarar yetmagan. Uchuvchi ham samolyotni tashlab, jiddiy jarohatlardan qutulib qolgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr