AQSH Qirg‘izistonni “COVID-19 ga qarshi yaxshi kurashgani” uchun maqtadi

Olam

image

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining mintaqaviy direktori Daniyel Singer, qirg‘iz rasmiylarini koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borgan sa’y-harakatlari uchun maqtadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Respublika “juda yaxshi ishlamoqda“.

Singerning ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishdagi ish sifatining ko‘rsatkichlari sayohatlar soni, transport vositalaridan foydalanuvchi va do‘konlarga tashrif buyuruvchilar sonida aks etmoqda. Shuningdek, Singer aholi karantin qoidalariga to‘liq amal qilayotganini aytib o‘tdi.

“Umumiy ma’lumotlarga qaraganda, Qirg‘iziston boshqa mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq ish olib bormoqda. Ya’ni, hukumat uyda qolish kerakligini yaxshiroq tushuntira oldi“, deydi Singer.

Avvalroq, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi O‘zbekistonga 2 million dollar ajratgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq 871 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 614 nafari sog‘aygan, 12 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 245 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing