AQSH qirg‘izistonlik jinoyatchi haqida ma’lumot olish uchun 5 mln dollar bermoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

 AQSH Davlat departamenti qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet Qamchibek Kolbayev haqida ma’lumot olish uchun 5 mln dollar pul mukofoti bermoqchi. Bu haqda Davlat departamentining veb-saytida xabar berilgan. 

AQSH Tashqi ishlar vazirligi mukofotni "Qamchibek Kolbayevning hibsga olinishi yoki sudlanishiga olib keladigan yoki uning jinoiy tashkilotining moliyaviy oqimlarini buzishga yordam beradigan ma’lumot uchun" beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2000 yilda Kolbayev o‘zining sobiq jinoiy boshlig‘ini o‘ldirishga urinishda va yana ikki kishini o‘ldirishda aybdor deb topilgan. 

U 25 yillik qamoq jazosini olgan. Biroq qamoqda faqatgina olti yil "o‘tirib", keyin esa qochgan.  

2007 yilda AQSH Davlat departamenti Kolbayevni Qirg‘izistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari deb ta’riflagan. 

AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, oxirgi marta Kolbayev 2020 yilning oktyabr oyida Bishkekda jinoiy tashkilot tuzgani va unda qatnashgani uchun hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qirg'iziston

Baholaganlar

650

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing