AQSH qidiruvga bergan “xavfli terrorchi” Qobulda ko‘rinish berdi
Olam
−
05 mart 2022 13658 2 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan xavfli terrorchi sifatida qidiruvga berilgan, “Tolibon” tomonidan tuzilgan Afg‘oniston hukumati Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy ilk bor Qobulda omma oldida chiqish qildi. Bu haqda Afg‘onistonning “1TV” telekanali xabar bergan.
U Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi nazorati ostidagi Afg‘oniston politsiya akademiyasi kursantlariga diplom topshirish marosimida ishtirok etgan. Haqqoniy o‘z nutqi davomida Afg‘onistondan qochgan fuqarolarni o‘z vatanlariga qaytishga chaqirar ekan, “Tolibon” tomonidan qabul qilingan amnistiyadan so‘ng ularning Afg‘onistondagi shaxsiy xavfsizligi va mulkiga hech narsa tahdid solmasligiga ishontirgan.
Mamlakatda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng, Haqqoniy turli viloyatlarda mahalliy rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan va vazirlikda xorijiy davlatlar vakillarini qabul qilgan.
Haqqoniy Afg‘onistonda, asosan Qobulda ko‘plab teraktlar uyushtirgani bilan tanilgan “Tolibon”ga aloqador “Haqqoniy tarmog‘i”ning yetakchisi.
AQSH Davlat departamenti uni o‘ta xavfli xalqaro terrorchi deb tan olgan va uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot taklif qilgan.
2007 yilda Haqqoniy ekstremistik faoliyati, “Al-Qoida” terrorchilik tarmog‘i va xalqaro terrorchi Usama bin Laden bilan aloqasi uchun BMT sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Joriy yilning fevral oyida Haqqoniy AQSH tuzgan terrorchilar ro‘yxatida o‘z ismining borligi butun afg‘on xalqi uchun zarar ekanini aytgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr