AQSH qariyb 2,5 tonnali bombani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

AQSH Harbiy-havo kuchlari ballistik raketalar va yadroviy qurollar kabi yer osti bo‘shliqlarini yo‘q qilishga qodir bo‘lgan 2 277 kilogramli  GBU-72 Advanced 5K Penetrator bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “The Defense Post” nashri xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, bunkerlarni yo‘q qiluvchi bomba Floridadagi Eglin havo bazasi atrofida F-15 qiruvchi samolyoti yordamida 10,6 kilometr balandlikdan tashlab, sinovdan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, GBU-72 sinovi 2000 funt (907 kilogram) yukning o‘rniga 5000 funt og‘irlikdagi bombani samolyotdan qanday xavfsiz tarzda otish mumkinligini muvaffaqiyatli ko‘rsatgan.

Xabarda ta’kidlanisha, harbiy kuchlar 2017 yildan buyon  GBU-72 gigant bombasini tekshirib kelgan. 2022 yilgacha esa umumiy qiymati 36 million dollar bo‘lgan 125 ta shunday bomba sotib olinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, GBU-72 gigant bombasi Applied Research Associates, Inc tomonidan uchish imkoniyatini oshirish uchun modellashtirishning ilg‘or usullari yordamida ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing