AQSH Isroilga 6 mlrd dollarlik qurol sotmoqda

Olam

image

AQSH Isroilga taxminan 6 milliard dollarlik qurol sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda manbalar va olingan hujjatlarga tayangan holda “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH go‘yoki Isroilga qiymati 3,8 milliard dollarlik 30 dona AH-64 Apache hujum vertolyotlarini va 1,9 milliard dollarlik 3250 ta piyoda zirhli texnikalarni sotish niyatida.

Qayd etilishicha, bu qurollarni yetkazib berish kamida 2-3 yil davom etishi mumkin va moliyalashtirish AQSHning tashqi harbiy yordam dasturi orqali amalga oshiriladi.

Xabar qilinishicha, savdo rejasi Kongressga taqdim etiladi va Vakillar palatasining tashqi aloqalar qo‘mitasi va Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbarlari tomonidan ma’qullangandan so‘ng rasman e’lon qilinadi.

Qolaversa, bu reja 9 sentyabr kuni Isroilning Qatarda HAMAS yetakchilariga hujum qilishidan taxminan bir oy oldin Kongress rahbariyatiga yetkazilgani ta’kidlangan.

Shuningdek, agar bu kelishuv amalga oshirilsa, Isroilning AH-64 Apache vertolyotlari parki qariyb ikki baravar ko‘payishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing