AQSH Isroilga 45 ming tank snaryadlarini yuborishi mumkin 

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Kongressdan Isroilga 45 ming tank o‘q-dorilarini sotishga ruxsat berishni so‘ramoqda. Bu haqda masala yuzasidan bevosita ma’lumotga ega manbaga tayanib, CNN xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasi va Senatning tashqi aloqalar qo‘mitasiga Isroilning Merkava tanklari uchun 45 ming o‘q-dori yuborish bo‘yicha so‘rov olgan va hozirda buni ko‘rib chiqmoqda.  

Bu so‘rov AQSHga nisbatan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlab qolish va Isroilga yetkazib berilayotgan qurollarning ayrim turlarini cheklash bo‘yicha ichki va xalqaro bosim kuchayib borayotgan bir paytda yangramoqda.

"Siyosat masalasi sifatida biz taklif qilinayotgan mudofaa transferlari yoki sotuvlari Kongressga rasman xabar qilinmaguncha ularni tasdiqlamaymiz yoki izoh bermaymiz", deydi Davlat departamenti vakili.

Isroil Mudofaa vazirligi esa urush boshlanganidan beri 10 ming tonnadan ortiq harbiy texnika yetkazib berilganini ma’lum qilgan. Vazirlik vakilining aytishicha, yordam “bir nechta davlatlardan” kelgan, ammo boshqa qaysi davlatlar yordam yuborgani yoki uning qancha qismi AQSHdan kelgani ochiqlanmagan.

AQSH harbiy yordami urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay boshlandi. 13 oktyabr kuni Isroilga xavfsizlik yordami ko‘rsatayotgan C-17 yuk samolyoti qo‘nganida ham Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroilda edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil tank snaryadlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing