AQSH Isroil ortidan ergashmaydi – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp “New York Post” gazetasiga bergan intervyusida Vashington hozircha Isroil ortidan borib, Somalilendni tan olish niyatida emasligini bildirdi.

“Yo‘q. Hozircha barcha masala o‘rganish bosqichida”, deydi Tramp.

Somalilend xalqaro hamjamiyat tomonidan Somalining bir qismi deb hisoblanadi, biroq Somalilend Respublikasi rasmiylari 1991 yil bahorida bir tomonlama tarzda davlat suverenitetini e’lon qilgan. 
Somalilend hududi 1884–1960 yillarda Britaniya Somalilend sifatida mavjud bo‘lgan. U Qizil dengizdan Hind okeaniga o‘tuvchi muhim dengiz yo‘llarini nazorat qilish imkonini beradigan strategik hududda joylashgan. 1960 yillarda Afrikadagi dekolonizatsiya jarayonlari fonida Somalilend mustaqilligini e’lon qilgan, biroq oradan bir necha oy o‘tib, u sobiq Italiya mustamlakalari bilan birga yirik Somali davlati tarkibiga kirgan. 1988 yilda boshlangan fuqarolar urushi oqibatida mamlakat amalda bir necha o‘zini o‘zi boshqaruvchi hududlarga bo‘linib ketgan, ular orasida Somalilend ham bor.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 dekabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Respublikasi Somalilendni mustaqil va suveren davlat sifatida tan olganini e’lon qilgan edi. Bu bilan Isroil Somalilendni tan olgan birinchi davlat bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Somalilend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing