AQSH immigratsiya xizmati bir kunda qariyb 1,2 ming kishini hibsga oldi
Olam
−
28 yanvar
2553AQSH immigratsiya xizmati bir kunda qariyb 1,2 ming kishini hibsga oldi. Ularning deyarli yarmi ilgari sudlanmagan. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidagi amaldorga tayanib, NBC News telekanali xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Bojxona va chegara nazorati xizmati (ICE) xodimlari joriy yil 26 yanvar kuni jami 1 179 kishini hibsga olgan. Bu esa rasmiy X platformasida e’lon qilingan 956 kishi haqidagi ma’lumotdan ancha ko‘p. Telekanalning qayd etishicha, hibsga olinganlarning 613 nafari (ya’ni 52 foizi) jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Qolganlari esa zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etmagan yoki faqatgina noqonuniy ravishda chegara kesib o‘tish kabi qoidabuzarlik qilgan.
“The Washington Post” gazetasi manbalariga ko‘ra, kecha, 27 yanvar kuni Tramp ma’muriyati ICE xodimlariga immigratsiya qonunlarini buzgan shaxslarni kunlik hibsga olish ko‘rsatkichlarini bir necha yuzdan 1 200-1 500 kishigacha oshirishni buyurgan.
Oldinroq AQSH Ichki xavfsizlik departamenti huquq-tartibot organlariga noqonuniy migrantlarni immigratsiya sudining qarorisiz, ya’ni tezlashtirilgan tartib asosida deportatsiya qilish vakolatini kengaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya hukumati Donald Trampning savdo va vizaga aloqador tahdidi ostida AQSH tomonidan deportatsiya qilingan muhojirlarni shartsiz qabul qilishni ma’qullagan edi.
LiveBarchasi