AQSH ilmli ruslarni o‘ziga og‘dirmoqchi 

Olam

image

Oq uy oliy ma’lumotli rossiyaliklarni AQSHda ishlashga jalb qilish uchun ulardan ayrim viza talablarini olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Bloomberg” manbalariga tayanib xabar bergan.  

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari Rossiya rahbariyatini fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasidagi mutaxassislardan mahrum qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Ushbu sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida Jo Bayden ma’muriyati Kongressdan AQSH ish vizasiga murojaat qilgan rossiyalik mutaxassislar uchun ishga joylashish talabini tasdiqlovchi hujjatni olib tashlashga ruxsat so‘ragan. 

Ta’kidlanishicha, bu tashabbus Ukrainaga yordam berish uchun qonunchilarga yuborilgan qo‘shimcha mablag‘ so‘roviga kiritilgan. 

Qayd etilishicha, AQSH kosmik texnologiyalar, kiberxavfsizlik, ilg‘or texnologiyalar va kompyuter tizimlari, yadro texnologiyalari, sun’iy intellekt, raketa dvigatellarini yaratish va boshqa sohalarda tajribaga ega magistrlar va ilmiy daraja egalarini jalb qilmoqchi. 

Milliy xavfsizlik kengashining Oq uydagi ismini oshkor etmagan vakili bu tashabbus Rossiya Federatsiyasining yaqin kelajakda “yuqori texnologiya resurslarini zaiflashtirish”ga, uzoq muddatda esa “innovatsiya bazalariga putur yetkazishga” qaratilganini tasdiqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing