AQSH Guantanamo qamoqxonasining maxfiy blokini yopdi
Olam
−
05 aprel 2021
4891Kubadagi AQSHga qarashli bo‘lgan Guantanamo qamoqxonasining eng xavfli jinoyatchilarga mo‘ljallangan bloki yopildi. Bu haqda Amerika harbiylariga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, qamoqxona xodimlari barcha mahbuslarni maxfiy 7-sonli lagerdan qo‘shni 5-binoga "xavfsiz va hech qanday hodisalarsiz" ko‘chirishgan.
Qayk etilishicha, hozirda 40 mahbusning barchasi ikkita ob’ekt hududida joylashgan.
7-blokning yopilishi xodimlarning hayotigini xavf ostiga qo‘ymaydi va mahbuslarni hibsga olishning hozirgi tartiblarini buzmaydi.
Biroq, ushbu yechim operatsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilning yanvar oyida AQSH Prezidenti kichik Jorj Bush ma’muriyatining antiterror dasturi doirasida juda xavfli jinoyatchilarni hibsga olish muassasasi sifatida tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati Guantanamo qamoqxonasini yopish jarayonini boshlagan edi. Qamoqxonani yopish to‘g‘risidagi buyruq AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama tomonidan 2009 yil 21 yanvarda imzolangan. Lager bir yil ichida yopilishi kerak edi, ammo farmon bajarilmagan. 2018 yil boshida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Guantanamo qamoqxonasini saqlab qolish to‘g‘risidagi buyruqni imzolagan.
LiveBarchasi