AQSH Gruziyaga yordam berishni to‘xtatdi

Olam

image
Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi? north_east

Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi?

Amerika Qo‘shma Shtatlari “Noble Partner 2024” harbiy mashg‘ulotlarini noma’lum muddatga qoldirganidan so‘ng, respublikaga yordamni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya gruziyalik jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar Gruziyaga yordamni muzlatib qo‘ydi va Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi ham to‘xtatildi”, deydi Zeya Gruziyaga tashrifini yakunlab.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Gruziya rasmiylarining respublikaning Yevroatlantika yo‘liga putur yetkazadigan antidemokratik harakatlaridan xavotirda.

“Qo‘shma Shtatlar Gruziya hukumatining antidemokratik harakatlaridan, hukmron partiyaning ayrim vakillari tarqatayotgan, Gruziyaning Yevroatlantika yo‘liga putur yetkazayotgan dezinformatsiyadan juda xavotirda”, deb xulosa qildi Zeya.

AQSH Mudofaa vazirligi 5 iyul kuni strategik munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish munosabati bilan 2024 yil yozida rejalashtirilgan Gruziya-Amerika harbiy mashg‘ulotlari “Noble Partner 2024” noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qildi.

AQSH Mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarni keyinga qoldirish qarorini Gruziya rasmiylari tomonidan AQSH va G‘arbning Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun “ikkinchi front” ochishga urinishlari e’lon qilingani bilan asosladi. Amerika tomoni bunday bayonotlar yolg‘on ekanini da’vo qilmoqda. Shu munosabat bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari Gruziyada to‘liq miqyosli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun hozir to‘g‘ri vaqt emas, degan qarorga keldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqi rahbariyati Gruziyaning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini to‘xtatishga qaror qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Gruziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made