AQSH Grenlandiyaning tarafini olayotgan mamlakatlarga boj joriy etadi
Olam
−
18 yanvar 4978 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Grenlandiya bo‘yicha pozitsiyasi sabab Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyaga nisbatan bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“2026 yil 1 fevraldan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan barcha mamlakatlardan AQSHga yetkazib beriladigan barcha tovarlarga 10 foizlik boj solinadi”, deb yozdi u.
1 iyundan boshlab tarif 25 foizgacha oshiriladi va boj “Grenlandiyaning to‘liq va yakuniy tarzda sotib olinishi”ga erishilgunga qadar undiriladi. Trampning aytishicha, AQSH sanab o‘tilgan mamlakatlarning istalgan biri bilan orol maqomi bo‘yicha darhol muzokaralarni boshlashga tayyor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ko‘p yillar davomida Daniya va Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarini ulardan hech qanday kompensatsiya olmagan holda subsidiyalab kelgan. Endi esa ular, go‘yoki, Grenlandiyaga bo‘lgan uning da’volarini to‘sib, “xavfli o‘yin” o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Grenlandiya ustidan Amerika nazoratini o‘rnatish rejalarini qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlarga nisbatan savdo bojlari joriy etishga tayyor ekanini bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi