AQSH giyohvand modda tashishda gumon qilingan kemani yo‘q qildi

Olam

image

Joriy yilning 29 oktyabr kuni  AQSH qo‘shinlari Tinch okeanining sharqiy qismida noqonuniy giyohvand moddalarni tashishda gumon qilingan kemani yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegsett o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum AQSHning giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan kemaga bo‘lgan 14-zarbasidir. Hujum xalqaro maydonda sodir bo‘lgan va AQSH xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.

AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegsettning so‘zlariga ko‘ra, AQSH harbiylari Tinch okeanidagi kemaga zarba berishi oqibatida giyohvand modda tashishda gumon qilinganlarning  to‘rt nafari halok bo‘lgan. 

“Bu hujumlar har kuni davom etadi. Bular shunchaki giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar emas,  bular bizning shaharlarga o‘lim va vayronagarchilik keltirayotgan narkoterrorizm tarafdorlaridir”, deb yozgan Pit Hegsett 

Qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyidan beri AQSHning giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan kemalarga hujumi oqibatida jami 61 kishi halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika qo‘shinlari Tinch okeanining xalqaro suvlarida giyohvand moddalar tashish uchun foydalanilgan deb taxmin qilingan katerni yo‘q qilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh giyohvand modda Tinch okeani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing