AQSH generali Isroilga keldi
Olam
−
17 dekabr 2023 8140 1 daqiqa
AQSH Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla Isroilga tashrif buyurdi va u yerda Mudofaa kuchlari Bosh shtabi rahbari Xersi Xa-Levi bilan uchrashdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“15 dekabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Maykl Kurilla Isroil mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Xersi Xa-Levining rasmiy mehmoni sifatida Isroilga tashrif buyurdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Aytilishicha, tashrif davomida Kurilla va Xa-Levi xavfsizlik masalalari, strategik aloqalar, shuningdek, gumanitar yordam masalalarini muhokama qilgan.
Ushbu tashrif AQSH generalining Isroilga uchinchi marotaba borishidir.
Ma’lumot uchun, Maykl Kurilla joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga kelgandi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu Isroil va AQSH tarixni o‘zgartiradigan yangiliklar ustida ishlamoqda deya intervyu bergan edi.
Live
Barchasi