AQSH G‘azodagi genotsid uchun javobgar – Mahmud Abbos

Olam

image

Prezident Mahmud Abbos Qo‘shma Shtatlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashida Isroilni G‘azoga qarshi tajovuzini to‘xtatishga majburlovchi rezolyutsiya qabul qilinishiga to‘sqinlik qilganini keskin qoralab, bu harakatni "tajovuzkorlik va axloqsizlik" deb ta’rifladi. Bu haqda Walfa axborot agentligi ma’lum qildi.

 “AQSHning G‘azo bo‘yicha pozitsiyasi tajovuzkorlik va axloqsizlikdir. Shu bilan birga, barcha insonparvarlik tamoyillari va qadriyatlarini qo‘pol ravishda buzish ham deyish mumkin. G‘azo sektorida to‘kilayotgan falastinlik bolalar, ayollar va qariyalarning qoni, Isroil tomonidan sodir etilgan genotsid uchun ham javobgar” deyiladi bayonotda.

Prezident AQSHning BMT Xavfsizlik Kengashidagi bu harakatini “[Isroil] ishg‘olini qo‘llab-quvvatlovchi sharmandali siyosati va Isroilning Falastin xalqiga qarshi shafqatsiz tajovuzkorligi” bilan izohladi. Uning ta’kidlashicha, Falastin davlati bunga javoban o‘zning qat’iy pozitsiyasini bildiradi.

"AQSHning bu siyosati uni Isroil bosqinchi kuchlari tomonidan G‘azo, G‘arbiy Sohil va Quddusda falastinliklarga qarshi sodir etilgan genotsid, etnik tozalash va urush jinoyatlariga sherik qiladi", dedi prezident.

 U "bu siyosat dunyo uchun xavfli bo‘lib, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgani" haqida ogohlantirdi.

Prezident Abbosning ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyatining vetosi xalqaro hamjamiyatni shubha ostiga qo‘yadi va "Isroil ishg‘oliga G‘azo xalqiga qarshi tajovuzni davom ettirish uchun "yashil chiroq" bo‘lib xizmat qiladi".

Shuningdek, Falastin rahbari “bu qaror AQSHni yillar davomida ta’qib qilishi”ga ishora qilib, xalqaro hamjamiyatni Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida, xususan, G‘azoda amalga oshirilayotgan genotsidni to‘xtatish, bu jiddiy inqirozning butun dunyoga tahdid soladigan diniy urushga aylanib ketishining oldini olish uchun yechim izlashga chaqirdi. 


Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ygani haqida ma’lumot bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh genotsid Mahmud Abbos G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing