AQSH G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga to‘sqinlik qilmoqda – “Hizbulloh” 

Olam

image

AQSH rasmiylari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini o‘rnatishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda bugun, 3 noyabr kuni “Hizbulloh” yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh ma’lum qildi.

U Livan janubida Isroil kuchlariga qarshi kurashayotgan jangchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bayrutdagi ommaviy mitingda televideniye orqali murojaat qildi.

“Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilni qoralashga, G‘azo sektorida esa o‘t ochishni to‘xtatishga to‘sqinlik qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida davom etayotgan urush uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, Isroil esa uning quroli, xolos”, deb ta’kidladi Nasrulloh.

Shuningdek, u 7 oktyabrdagi HAMAS tomonidan o‘tkazilgan “Al-Aqso to‘foni” operatsiyani rejalashtirish va amalga oshirishda “Hizbulloh” jangchilari ishtirok etmaganini ta’kidlagan. 

“Bu hujum Isroilning zaifligini ko‘rsatdi va Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini yuborib, unga yordamga shoshilgani bejiz emas”, deydi Nasrulloh.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder AQSH Mudofaa vazirligi blokadadagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hizbulloh AQSh G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing