AQSH G‘azoda razvedkachi dronlardan foydalanmoqda – “Reuters”

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘azo sektorida HAMAS tomonidan garovga olinganlarni qidirish uchun razvedkachi uchuvchisiz samolyotlardan foydalanmoqda. Bu haqda Amerika ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, kamida bir haftadan beri Amerika dronlaridan foydalangan holda garovga olinganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. AQSH ma’muriyati HAMAS Isroilga kirib ketganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan 10 nafar amerikalik fuqaro garovga olingan 200 dan ortiq kishilar orasida bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH rasmiylari Falastin-Isroil mojarosi hududida harbiy harakatlarda bir qator to‘xtashlarni ta’minlash tarafdori ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish va odamlarni, jumladan, garovga olinganlarni xavfsiz olib chiqish ishlarini davom ettirish uchun zarur.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yuzlab xorijlik fuqarolar G‘azo sektorini Rafah nazorat punkti orqali tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing