AQSH fuqarolarini global xavfsizlik tahdididan ogohlantirmoqda

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro munosabati bilan o‘z fuqarolari uchun butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi. Xavfsizlik ogohlantirishi kecha, 22 iyun kuni Davlat departamenti tomonidan e’lon qilindi. 

“Davlat departamenti AQSH fuqarolariga butun dunyo bo‘ylab ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qiladi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda Amerikaning Eron nishonlariga zarbalari to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olinmaydi, faqat Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga ishora qilinadi, bu esa “Yaqin Sharq bo‘ylab sayohatlarning to‘xtatilishiga va havo kengliklarining vaqtincha yopilishiga olib keldi”.

“Xorijda AQSH fuqarolari va manfaatlariga qarshi namoyishlar uyushtirish ehtimoli bor”, deyiladi ogohlantirishda.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar o‘z fuqarolarini Isroil va G‘arbiy Sohildan evakuatsiya qilishni boshlagan edi. Bundan tashqari, Iroq va Livandagi diplomatik vakolatxonalar xodimlariga bu davlatlarni tark etish buyurilgan.

22 iyunga o‘tar kechasi AQSH Isroil va Eron o‘rtasidagi 13 iyunda boshlangan harbiy mojaroga kirdi. AQSH armiyasi Eron yadroviy dasturining uchta ob’ektiga zarba berdi. B-2 bombardimonchilari Fordo zavodiga o‘n ikkita 13,6 tonnalik bunker bombasi bilan hujum qilishdi va Natanzga yana ikkita shunday bomba tashlangan. Suvosti kemalari Natanz va Isfaxondagi ob’ektlarga 30 ta Tomohawk raketasini uchirdi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaatida Eronning uran boyitish bo‘yicha eng muhim inshootlari yo‘q qilinganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing