AQSH Fors ko‘rfaziga harbiy samolyot tashuvchi kemasini yubordi

Olam

image

AQSH Iroq va Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini kamaytirish rejasi fonida Fors ko‘rfaziga USS Nimitz samolyot tashuvchisini yubordi. Bu haqda CNN harbiy manbalariga tayanib xabr bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, samolyot tashuvchisini Fors ko‘rfaziga qaytarish to‘g‘risidagi qaror eronlik yadro fizigi Moxsen Faxrizodaning o‘ldirilishidan oldin ham qabul qilingan. USS Nimitz bilan birga mintaqaga yana bir nechta kemalar yuboriladi.

AQSH Mudofaa vaziri Kristofer Miller 2021 yilning 15 yanvariga qadar Afg‘onistondagi Amerika kontingenti 4,5 mingdan 2,5 mingga, Iroqda ham 2,5 ming nafarga kamayishini aytdi. Keyinchalik, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Iroq va Afg‘onistondagi qo‘shinlarini 2021 yil mayigacha qaytarishni reja qilayotganini aytdi.

Shuningdek, bir necha ommaviy axborot vositalarida Pentagonga 20 yanvar kuni o‘tkazilishi kutilayotgan yangi Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi oldidan Afg‘oniston va Iroqdan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni tezlashtirish buyurilgani haqida yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Hukumati Eronga qarshi bir tomonlama sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgani xabar qilingandi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi. Sulhga ko‘ra, AQSH 19 yil deganda o‘z harbiy kuchlarini afg‘on diyoridan olib chiqib ketishi, “Tolibon” ham qurolli harakatlarni to‘xtatishi belgilandi. 

Sulh asosida afg‘onlararo muzokaralar boshlangunga qadar Kobul qamoqxonalarida saqlanayotgan 5000 ga yaqin toliblar va radikallar tomonidan ushlab turilgan 1000 ga yaqin tinch aholi vakillari ozod qilinishi shart edi. O‘zaro shartlar bajarildi.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston Islom Respublikasi Hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida muzokaralar boshlandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston AQSh Prezident Donal'd Tramp Iroq samolyot Tolibon Jo Bayden Robert O'Brayen Amerika Qo'shma Shtatlari

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing