AQSH Fors ko‘rfazidagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi

Olam

image

AQSH Fors ko‘rfazida o‘zining harbiy ishtirokini kuchaytirish niyatida, Pentagon tez orada bunday turdagi bir qator qadamlarni e’lon qiladi. Bu haqda kecha, 12 may kuni jurnalistlar uchun navbatdagi onlayn brifingda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

“AQSH Mudofaa vazirligi bugun Fors ko‘rfazidagi mudofaa pozitsiyamizni mustahkamlash uchun bir necha qadamlar qo‘ydi”, degan Oq uy vakili. 

Biroq u qanday qadamlar haqida gap ketayotganini ochiqlamagan. 

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSH Markaziy qo‘mondonligi yaqin kunlarda bu qo‘shimcha kuchlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik kengashi vakili AQSH Eron bilan qurolli mojaroga intilmasligiga ishontirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Fors ko'rfazi Pentagon Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing