AQSH esminetsining Qora dengizga kirish maqsadi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSHning boshqariluvchi raketa qurilmalari bilan jihozlangan Ross esminetsi Qora dengizga kirgani sababi ochiqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, bundan maqsad “xavfsizlik operatsiyalari va dengizda mintaqaviy barqarorlikni oshirish” bo‘lgan. Bu haqida AQSH harbiy dengiz kuchlari ma’lum qilmoqda. 

“Bunday tashriflar bilan biz Qora dengizdagi hamkorlarimiz bilan aloqalarni izchil mustahkamlab boramiz. Ushbu operatsiya xavfsiz dengiz muhitini yaratish va harakatlanish erkinligini ta’minlash uchun juda muhimdir”, deydi kema komandiri. 

Esminets harakati NATOga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga, shuningdek, 2014 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Atlantika muammolari operatsiyasi doirasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu operatsiya munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQSH tomonini mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishda bir necha bor ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, Ross esminetsi 22 fevral kuni Qora dengizga kirgan edi. Bosfor bo‘g‘ozini kesib o‘tgan kema suratlarida unga hamroh bo‘lgan turk suv osti kemasini ham payqashgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qora dengiz

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing