AQSH Eronning tinchlik rejasini rad etdi
Olam
−
15 may 4357 1 daqiqa
AQSH Eronning urushni to‘xtatish bo‘yicha takliflarini rad etdi. Tehronning bildirishicha, Vashington avvalgidek bosim o‘tkazish pozitsiyasini saqlab qolgan. Bu haqda “Tehran Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH Eron tomonidan urushni to‘xtatish uchun taqdim etilgan 14 banddan iborat rejani inkor qilgan. “Tehran Times” ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron o‘zining yozma taklifiga Vashingtondan rasmiy javob olgan.
Nashrning yozishicha, Amerika tomoni Eronning barcha tashabbuslarini rad etgan va ayniqsa, Eron yadro dasturi masalasida o‘z qat’iy pozitsiyasini saqlab qolgan.
Xabarda alohida qayd etilishicha, agar ushbu takliflar qabul qilinganida, Tehron muzokaralarning ikkinchi bosqichiga o‘tishga tayyor edi. Bu bosqichda tomonlar kengroq doiradagi mavzularni, jumladan, Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishlari mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron o‘rtasida bir oydan beri amal qilib kelayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi “sun’iy nafas berish” holatida ekanini bildirgandi. Keyinroq, Eron AQSH bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini boshlash uchun Vashington 5 ta talabni bajarishi shartligini ma’lum qildi.
Live
Barchasi