AQSH Eronning sara harbiy bo‘linmasi generali Sulaymoniyni o‘ldirdi
Olam
−
03 yanvar 2020
14624Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) maxsus “Quds” bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy AQSHning Bag‘dodga aviazarbasi vaqtida halok bo‘ldi.
Eronning IRINN davlat telekanali Qosim Sulaymoniy vafot etganini tasdiqladi. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, general vertolyot zarbasi vaqtida halok bo‘lgan.
Bundan avvalroq, Iroqning shia muxoliflari “al-Xashd ash-Shaabi” Bag‘dod aeroportiga havodan hujum vaqtida o‘zining 5 a’zosi va 2 nafar mehmon halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Halok bo‘lgan mehmonlardan biri AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo Bag‘doddagi Amerika elchixonasiga hujumni uyushtirishda ayblagan Abu Mahdi al-Muhandis, ikkinchisi Qosim Sulaymoniy bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Sulaymoniy shaxsi barmog‘idagi uzukdan aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, al-Muhandis aeroportga samolyoti yo Livandan, yo Suriyadan kelgan Sulaymoniyni kutib olishga soqchilar tarkibida kelgan. Zarba Sulaymoniy samolyotdan chiqishi bilan berilgan.
Pentagon ham Sulaymoniy qurbon bo‘lganini tasdiqladi va operatsiyaga buyruq shaxsan AQSH Prezidenti Donald Trampdan kelganini ma’lum qildi.
“Associated Press” nashri Sulaymoniyning o‘ldirilishi Yaqin Sharqdagi burilish lahzasi bo‘lishi va Eron hamda u tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kuchlar tomonidan Isroil va AQSHdan o‘ch olishga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.
LiveBarchasi