AQSH Eronga kuch ishlatishga tayyor, ammo... – Bayden

Olam

image

AQSH Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va Tehronni to‘xtatish uchun kuch ishlatishga tayyor, faqat bu oxirgi chora sifatida qo‘llaniladi. Bu haqda kecha, 13 iyul kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil televideniyesiga bergan intervyusida gapirgan.  

Teleboshlovchining savoliga javoban, Bayden: "Oxirgi chora sifatida, ha", dedi. 

Rasmiylari Eronga qarshi kuch ishlatish huquqini bir necha bor o‘zida saqlab qolganligini bildirgan Isroil bilan bu mavzudagi aloqalar haqida gapirar ekan, Bayden tafsilotlarga to‘xtalmadi, ammo Vashington Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishini nomaqbul deb bilishini ta’kidladi. 

“Men bu haqda spekulyatsiya qilmayman, lekin Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak”, deydi u. 

Amerika Prezidenti, shuningdek, Donald Tramp boshchiligidagi Vashingtonning avvalgi ma’muriyatining Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan chiqish haqidagi qarorini “katta xato” deb atadi.  

“Ular [eronliklar] endi yadroviy qurolga avvalgiga qaraganda ancha yaqinroq”, deydi Bayden, Eron bilan yadro dasturini cheklovchi yangi kelishuvga chaqirar ekan.

Bayden kecha, 13 iyul kuni Isroilga tashrif buyurdi va prezidentlikka kelganidan keyin birinchi Yaqin Sharq bo‘ylab safarini boshladi. 13-16 iyul kunlari u Isroil, Iordan daryosining G‘arbiy Sohili va Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Aeroportda Baydenni rasmiy kutib olish marosimida Isroil Bosh vaziri Yair Lapid Bayden bilan Yaqin Sharqda “yangi xavfsizlik arxitekturasini yaratish”, shuningdek, “kuchli global koalitsiyani yangilash zarurligini” muhokama qilish niyatida ekanini aytdi. Bu Eron yadroviy dasturini to‘xtatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

642

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing