AQSH Eronga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi – Bayden

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronni muzokaralar stoliga qaytarish uchun Tehronning yadro dasturi bo‘yicha kiritilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Davlat rahbaridan Tehronni yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga qaytarish uchun birinchi qadamni qo‘yib, Eronga nisbatan qaratilgan sanksiyalarni bekor qilish ehtimoli haqida so‘ralganda, Bayden: “yo‘q, bekor qilinmaydi”, deya javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda AQSHning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuv bo‘yicha shartnomadan chiqqanini ma’lum qilib, Eronga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishini aytgan edi. Shundan so‘ng, 2019 yilda Eron ham ushbu shartnomadan chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, 2015 yil Eron va 6 ta davlat (AQSH, Rossiya, Fransiya, Britaniya, Germaniya va Xitoy) Tehron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, Eron o‘zining yadro dasturidan atom bombasiga ega chiqish maqsadida foydalanmayotganini isbotlash uchun MAGATE (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik) inspektorlariga o‘zining yadroviy ob’ektlarini tekshirishga ruhsat berishi kerak bo‘lgan. Bu jarayon davomida yuqorida sanab o‘tilgan davlatlar Eronga qo‘yilgan sanksiyalarni yengillashtirishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron sanktsiya Bayden

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing