AQSH Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron neft va gaz sanoati bilan bog‘liq 10 tashkilotga, shuningdek, neft tankeriga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi. Bu haqda kecha, 29 sentyabr kuni AQSH Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yangi cheklovlar ostida qolgan kompaniyalar Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Eronning o‘zida joylashgan, biroq ularning barchasi qandaydir tarzda Eron yuridik shaxslari bilan bog‘langan. Sanksiyalarga duchor bo‘lgan kompaniyalarning aksariyati neft va gaz sohasida ishlaydi. 

AQSH Davlat departamenti kotibi Entoni Blinken AQSH Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlarini sotish bo‘yicha sanksiyalarni chetlab o‘tish urinishlariga barham berish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rayotganini aytdi. 

“Eron Hamkorlikda kompleks harakatlar rejasini buzgan holda o‘z yadroviy dasturini rivojlantirishda davom etar ekan, biz Eron nefti va neft-kimyo mahsulotlarini sotishga qarshi sanksiyalarni qo‘llashni kengaytirishda davom etamiz”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Ma’lumot uchun, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi 2015 yilda Eron bilan BMT Xavfsizlik Kengashining Doimiy beshligi va Germaniya tomonidan uning yadroviy rivojlanishi bilan bog‘liq inqirozni bartaraf etish uchun imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari 16 sentyabr kuni hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing