AQSH Erondan musodara qilingan o‘q-dorilarni Kiyevga topshirdi
Olam
−
05 Oktabr 2023
5040AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Erondan musodara qilingan 1,1 million dona 7,62 millimetrli o‘q-dorilarni Ukrainaga topshirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Gap shundaki, AQSH hukumati 2023 yilning 20 iyulida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi fuqaroviy musodara qilish harakati doirasida ushbu o‘q-dorilarga egalik huquqini qo‘lga kiritgan. Bu o‘q-dorilar dastlab AQSH harbiy-dengiz kuchlari tomonidan hech qaysi davlat bayrog‘isiz suzib ketayotgan “Marwan 1” tranzit kemasida aniqlangan.
Markaziy qo‘mondonlik bayonotida aytilishicha, o‘q-dorilar BMT Xavfsizlik Kengashining 2216-sonli rezolyutsiyasini buzgan holda Yamandagi husiylarga Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan jo‘natilgan.
Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari yaqinda ularning ishlab chiqarish liniyalari Ukrainada o‘q-dorilardan foydalanish tezligiga moslashayotgani haqida ogohlantirdi. Shu fonda CENTCOM Eron o‘q-dorilari Ukrainaga berilganini xabar qildi.
Eron bir necha bor Rossiyani Ukrainadagi urushda foydalanish uchun qurol-yarog‘ (birinchi navbatda uchuvchisiz samolyotlar) bilan ta’minlaganlikda ayblangan.
BBC xabar qilganidek, shu hafta Britaniya va NATOga a’zo davlatlar Rossiya bosqinidan Ukrainani himoya qilish uchun o‘q-dorilari tugab qolgani haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi