AQSH Eron neftidan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin

Olam

image

AQSH taklifni ko‘paytirish va narxlarni tushirish maqsadida yaqin kunlarda tankerlardagi Eron neftining bir qismidan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin. Bu haqda bugun, 19 mart kuni AQSH Moliya vaziri Skott Bessent bayonot berdi.

“Yaqin kunlarda biz allaqachon dengizda bo‘lgan Eron neftidan sanksiyalarni yechishimiz mumkin. Gap taxminan 140 million barrel haqida bormoqda”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hajm jahon bo‘yicha ikki haftalik taklifga teng va narxlarning ko‘tarilishini vaqtincha to‘xtatib turishga qodir. So‘nggi haftalarda AQSH va Isroil hujumlaridan keyin Eron tomonidan Hormuz bo‘g‘ozi yopib qo‘yilishi fonida neft narxi bir barrel uchun 100 dollardan yuqori ko‘rsatkichda sotilmoqda.

Bessent AQSH Eronning energetika infratuzilmasiga zarba bermayotganini va Fors ko‘rfazidan joriy neft eksportiga to‘sqinlik qilmayotganini ta’kidlagan.

“Biz jismoniy taklifni oshirmoqdamiz”, deya qayd etgan u.

Bessentning baholashicha, Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi sutkasiga 10–14 million barrel miqdoridagi taklif taqchilligiga olib kelgan va Vashington buni yetkazib berish hajmini oshirish hisobiga qoplashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Rossiya neftiga nisbatan ham shunday chorani qo‘llagan va tankerlardagi xomashyoni sotishga ruxsat bergan edi. Bu jahon bozoriga taxminan 130 million barrel qo‘shilishini ta’minladi. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, AQSH taklifni oshirish uchun boshqa qadamlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida strategik zaxiralardan qo‘shimcha neft chiqarish ham bor. Bundan oldin G7 davlatlari bozorga 400 million barrel neft chiqarishga kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing