AQSH elchisi Rossiya TIVga chaqirtirildi

Olam

image

Bugun, 7 mart kuni AQSHning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi Rossiya TIVga chaqirtirilib, jiddiy ogohlantirilgan. Bu haqda Rossiya TIV bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amerika diplomatik missiyasi rahbari bugun Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Unga AQSHning uchta nodavlat notijorat tashkiloti Rossiya Federatsiyasida nomaqbul deb e’tirof etilgani haqida ma’lum qilingan. Bular elchixona ko‘magida amalga oshirilayotgan “Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari”, “Madaniy istiqbollar” va “Xalqaro ta’lim instituti”dir.

“Elchiga ushbu notijorat tashkilotlar faoliyatiga har qanday yordamni to‘xtatish talabi bilan rasmiy nota topshirildi. Diplomatik missiyaning rasmiy veb-saytidan va ijtimoiy tarmoqlaridan ularning materiallarini olib tashlash ham talab qilindi. Agar bu davom etsa, Rossiya qonunchiligining buzilishi hisoblanib, chora ko‘riladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Treysini Rossiya Federatsiyasining ichki ishlariga aralashishga uringan Amerika elchixonasi xodimlarini “persona non grata” sifatida mamlakatdan chiqarib yuborish haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh elchisi Rossiya TIV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made