AQSH dunyodagi eng yirik josuslik davlati – Xitoy

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Van Venbin AQSHni razvedka tarmog‘i yuqori darajada rivojlangan yirik josuslik davlati deb aytdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

“Aynan AQSH dunyodagi eng kuchli josuslik xizmatidan foydalanuvchi juda yuqori darajadagi razvedka tarmog‘iga ega davlatdir. Mamlakat milliy xavfsizlik agentligi Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Shvetsiya, Niderlandiya va boshqa Yevropa davlatlarining yuqori martabali amaldorlarinining matnli xabarlarini kuzatib, telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglab boradi”, dedi Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 fevral kuni Pentagon Montano shtatining Billings shahri ustida Xitoyga tegishli havo shari kuzatilganini, shardan razvedka maqsadida foydalanilganini aytgandi. Biroq Xitoy tarafi bu shar ilmiy maqsadlarda ishlatilgani, shamol tufayli yo‘nalishini o‘zgartirganini aytib, AQSHni provokatsion harakatlarda ayblagan edi. Amerika esa bunga ishonmay, havo sharini urib tushirgan va uni tekshirib, razvedka maqsadida foydalanilganini ma’lum qilgan edi. Biroq Xitoy AQSHning ayblovlarini rad etib, sharga nisbatan kuch ishlatilgani uchun AQSH javob berishini aytgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing