AQSH dunyodagi eng katta yolg‘onchi – Xitoy TIV
Olam
−
15 mart
14032Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlarni noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda muntazam ravishda ayblaydi, shu bilan birga dezinformatsiyaning asosiy manbai bo‘lib qoladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda aytib o‘tdi.
“Qo‘shma Shtatlar Xitoy haqida muntazam ravishda yolg‘on ma’lumot tarqatadi, Amerika hukumati jahon tarixidagi eng yirik dezinformatsiya manbai hisoblanadi. Qo‘shma Shtatlar ko‘pincha boshqa mamlakatlarni yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblaydi, shu bilan birga dezinformatsiyaning eng katta manbaidir”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Shuningdek, u Vashingtonning dezinformatsiya tarqatishi Xitoy taraqqiyotini to‘xtata olmasligini qo‘shimcha qildi.
Joriy yilning fevral oyida Van Venbin AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning Xitoyga qarshi razvedka harakatlarini kuchaytirish haqidagi bayonotini sharhlar ekan, Xitoy amerikalik josuslarning ishiga qarshi turishini va ularning muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilishini aytgandi.
LiveBarchasi