AQSH dollari qulashi mumkin

Olam

image

Xitoy va Braziliya savdo operatsiyalarida o‘z valyutalari foydasiga dollardan voz kechishga qaror qilganini rasman e’lon qildi. Endilikda ikki davlatda AQSH valyutasini oldindan konvertatsiya qilish o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuan yoki realda (Braziliya reali – mamlakat pul birligi) amalga oshiriladi. Bu haqda “Fox Business” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Xitoy Braziliyaning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Bu esa barcha importning beshdan biridan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Pekin bugungi kunga kelib Lotin Amerikasi mamlakatiga kiruvchi barcha mahsulotlarning uchdan birini tashkil etuvchi eng yirik eksport bozoriga aylangan. Braziliya Lotin Amerikasidagi Xitoy sarmoyasining eng yirik qabul qiluvchisi hamdir.

Braziliya va Xitoy aloqalari fonida amerikalik sharhlovchi Farid Zakariya jahon bozorida dollar kursining pasayishi va bu tufayli sodir bo‘ladigan jiddiy inqiroz hamda AQSH iqtisodining tanazzulga uchrashini bashorat qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, Ukraina inqirozi va Vashingtonning Pekinga borgan sari qarama-qarshi yondashuvi Rossiya va Xitoy dollardan uzoqlashishni diversifikatsiya qilish bo‘yicha harakatlarini tezlashtiradi. AQSHdagi Silikon vodiysi bankining qulashi AQSH valyutasi avvalgidek mustahkamlanmay, aksincha, zaiflashishiga sabab bo‘lmoqda. 

Kuzatuvchining eslatishicha, Oq uy taqchillikning o‘sishiga parvo qilmasligi mumkin, mamlakatning davlat qarzi so‘nggi besh yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan. 

“Forbes” nashri e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra , texnik jihatdan AQSH dollari qulashi ehtimoli mavjud bo‘lsada, u dunyodagi eng yirik iqtisoyotdan va uning global zahira valyutasi maqomidan qo‘llab-quvvatlanayotgani tufayli bu ehtimol past.

Nashr o‘z navbatida pul va moliya dunyosida hamma narsa bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan. Investorlar uchun ularning moliyaviy holatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan potensial natijalar ham muhim hisoblanadi, hatto, ular ehtimoldan yiroq bo‘lsa ham.

“Tesla”, “SpaceX” asoschisi, milliarder Ilon Maskning fikricha, dollar tez orada jahon valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin. Mask AQSH ma’muriyatining o‘ta qattiq va o‘zgarmas siyosati tufayli ko‘plab davlatlar o‘z savdo bitimlarida dollardan voz kechmoqchiligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Braziliya AQSh dollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing