AQSH dollar ko‘rinishiga o‘zgartirish kiritmoqchi

Olam

image

AQSH 20 dollarlik banknotasida tasvirlangan mamlakatning yettinchi Prezidenti Endryu Jekson o‘rniga afro-amerikalik faol Garriyet Tabmen suratini tushirmoqchi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar bermoqda

Ma’lum bo‘lishicha, qora tanli Garriyet Tabmenning suratini dollar banknotasiga joylashtirish g‘oyasi AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama davrida paydo bo‘lgan va 2020 yilga rejalashtirilgan. Biroq Tramp davrida bu reja unutilgan. Hukumat tepasiga kelgan demokrat Bayden esa Obama davridagi rejani amalga oshirmoqchi. 

Garriyet Tabmen AQSHda qullikka qarshi kurashi bilan mashhur bo‘lgan. Garriyetning o‘zi ham dastlab qul bo‘lgan. So‘ngra u tutqunlikdan qochib, boshqa qullarni ham qutqarish maqsadida 10 ta operatsiya amalga oshirgan. Natijada 70 dan ortiq insonni qullikdan ozod qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 22 may kuni AQSHda qora tanli Jorj Floyd o‘ldirilganidan so‘ng, mamlakatda “qora tanli aholi hayoti ahamiyatga ega“ nomli namoyishlar avj olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh dollar Jorj Floyd banknota Endryu Djekson Garriet Tabmen

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made