AQSH chegarasidagi mudhish voqea sabab 7 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Texas shtatida chegara patrulidan qochib ketayotgan mashina ishtirokida avtohalokat ro‘y berdi. Oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohat oldi. Bu haqda “El Paso Times” nashri xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya serjanti Robert Gomesning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda Chevrolet Cruze’da 10 kishi bo‘lgan. Hodisa El-Paso markazida yuz berdi. Avtomobil yo‘lning burilish qismida boshqaruvni yo‘qotgan, yo‘lni ajratuvchi chizig‘idan o‘tib ketib, yarim tirkamaga borib urilgan. Natijada, yetti kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Chegarachilar qaysi qonunbuzarlik yuzasidan mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilmagan.

Hozirgi vaqtda sodir bo‘lgan avtohalokat sabablari yuzasidan tergov El-Paso politsiyasi tomonidan chegara xizmati bilan birgalikda olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing