AQSH Britaniya imperiyasi taqdirini takrorlashi taxmin qilindi
Olam
−
01 fevral 2021
5982Pekin Xalqaro aloqalar instituti professori Yan Syuetun AQSHning yaqin orada tanazzulga uchrashini ma’lum qildi. Bu haqda "Spiegel"ga asoslanib xabar berilgan.
Unga ko‘ra, ehtimol, AQSHning "sinishi" uzoq vaqt davomida "dunyodagi eng qudratli kuch" bo‘lgan Buyuk Britaniya imperiyasining qulashi kabi bo‘ladi.
"Vaqt o‘tishi bilan barcha imperiyalar tanazzulga uchraydi, keyingi ming yillikda hech narsa o‘zgarmaydi. Buyuk davlatlar uchta bosqichni boshdan kechirmoqda: tong otishi, turg‘unlik va tanazzul", deya qo‘shimcha qilgan Syuetun.
Bundan tashqari, u kelajakda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarama-qarshilik texnologik ustunlikka intilish orqali rivojlanishi mumkinligiga aniqlik kiritgan.
Shuningdek, professor AQSHdagi ushbu jarayondan hayratlanmaganini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi