AQSH “boshqalarning qo‘li” bilan urush boshlamoqchi – Lukashenko 

Olam

image

AQSH Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ukraina va Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozidan foydalanib, urush boshlamoqchi. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday fikr bildirdi

“Ular bu kambag‘al qochqinlardan, bu jarayondan foydalanishga harakat qilmoqda. Ularning maqsadi ko‘rinib turibdi, ochiqchasiga aytishmoqda: NATOni jalb qilish. NATO nimani anglatadi? Urushni boshlash. Ular bizni qo‘zg‘atmoqda. Bu Yevropaga kerak emas, Yevropa buni istamaydi, Yevropa urushni xohlamaydi. Bu urush kimga kerak? Amerikaliklarga”, degan Lukashenko. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “birovning qo‘li bilan jang qilishni yaxshi ko‘radi”. 

“Ular chetda kuzatib turishadi va biz bir-birimizni o‘ldirishimiz hamda iqtisodiyot tushib ketishi uchun qurol yetkazib berishadi. Ular bizga yordam berish uchun chop etayotgan dollarlari bilan yana bu yerga kelishadi va Amerika yana hukmronlik qiladi. Ular buni polyaklar, boltiqliklar va ukrainaliklar qo‘li bilan qilmoqchi”, deb ta’kidlagan Prezident. 

Lukashenkoning fikricha, AQSH “Moskva bilan yaqinlashishi kerak”. 

Shu bilan birga, u Belarusning Yevropa Ittifoqi bilan chegarasida yuzaga kelgan migratsiya inqirozi bahona sifatida foydalanilayotganini qo‘shimcha qilgan, uning so‘zlariga ko‘ra, bundan polshaliklar ham “strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun” foydalangan. 

Belarus Prezidentining ta’kidlashicha, Polsha o‘z aholisini ko‘plab ichki muammolardan chalg‘itish uchun chegaradagi migratsiya inqirozi mavzusidan foydalanmoqda. 

Lukashenkoning qayd etishicha, u Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan birgalikda nima bo‘layotganini ko‘radi va ular bu voqealarga bir xil qarashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh urush Lukashenko

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing