AQSH bilan qasdlashayotgan Turkiya alamini Shvetsiyadan oladi

Olam

image

Turkiya oktyabr oyida Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ratifikatsiya qilishni Vashingtondan Anqaraning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha ijobiy qarori kutilguncha to‘xtatib qo‘ymoqchi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

“F-16 va Shvetsiya masalasida ishonch yo‘qligini hisobga olib, Turkiya NATO arizasini ratifikatsiya qilishga shoshilmayapti. Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlarning zarur choralar ko‘rayotgani tasdiqlanishini kutmoqda”, deydi mamlakatning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan ismini oshkor etmagan rasmiysi.

Bugun, 16 oktyabr kuni “Hürriyet” gazetasi oktyabr oyi boshida AQSH harbiylari terror tashkiloti jangarilariga qarshi operatsiyada turk dronini urib tushirgach, Anqara Shvetsiya taklifini ratifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, Erdo‘g‘an so‘nggi kunlarda ushbu voqea munosabati bilan AQSHni keskin tanqid qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya AQSHdan 40 ta F-16 qiruvchi samolyoti va mavjud samolyotlari uchun 80 ta Block 70 takomillashtirilgan to‘plam so‘ragan. Amerikalik qonunchilar AQSHning boshqa mamlakatlarga qurol sotishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Kongressning ba’zi a’zolari Turkiyaga bunday yuklarni Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan Anqara qadamlari bilan bog‘lashga chaqirgan.

Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokol hozircha alyansning 31 davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Faqat Turkiya va Vengriya uni tasdiqlamagan. 

Ma’lumot o‘rnida, NATO, Turkiya va Shvetsiya o‘rtasida iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan alyans sammiti oldidan Anqara tomonidan ushbu hujjatni muddatidan oldin ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi. Biroq Turkiya tomoni arizani ma’qullash uchun bir qancha, jumladan, terrorizmga qarshi kurashish va Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy va vizaviy integratsiyani jadallashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish shartlarini qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing