AQSH Belarus Hukumatiga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi Belarus hukumatiga nisbatan sanksiyalar ro‘yxati kengaytirilganini ma’lum qildi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Belarus IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Gennadiy Kazakevich, Markaziy saylov komissiyasi, Davlat xavsizlik qo‘mitasining “Alfa” maxsus vazifalar bo‘linmasi, Minsk shahar ijroiya qo‘mitasining ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Minsk shahar OMON bo‘linmasi kiritilgan.

Sanksiyalar ushbu shaxslar va tuzilmalar prezidentlik saylovlaridagi firibgarliklar va keyinchalik tinch noroziliklarni zo‘ravonlik bilan bostirishda ishtirok etgani uchun joriy qilingan.

AQSH oktyabr oyi boshida sakkiz nafar belaruslik amaldorga sanksiya kiritgandi. Ularning orasida o‘sha vaqtdagi Ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev va IIVning boshqa vakillari hamda MSK a’zolari bor edi.

Ma’lumot o‘rnida, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni mamlakat prezidentligi uchun saylovlar o‘tkazilgandi. Rasmiy natijaga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ammo mamlakat xalqi bu natijani qabul qilishni xohlamay, namoyishga chiqdi. Saylovdan keyin bir oy davomida har kuni tinch norozilik namoyishi uyushtirildi. Ammo Hukumat politsiya va OMON guruhini ishga solib, mitinglarni tarqatishga urindi. Yuzlab odamlar qo‘lga olindi.

Oktyabr oyidan boshlab haftaning oxirida namoyish uyushtiriladigan bo‘ldi va bu hozirgacha davom etyapti.

Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etib, Litvadan panoh topdi. U hamon aholini Lukashenkoga qarshi namoyishlar uyushtirishga chaqirib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing