AQSH Avstriyadagi teraktga munosabat bildirdi

Olam

image

Demokratik partiyadan AQSH Prezidentligiga nomzod Jozef Bayden Avstriya poytaxtidagi otishmaga munosabat bildirar ekan, nafrat va zo‘ravonlikka qarshi birlashishga chaqirdi. U tegishli xabarni bugun, 3 noyabr kuni Twitter’dagi o‘z sahifasida joylashtirdi.

"Vena (Avstriya) da sodir bo‘lgan dahshatli teraktdan so‘ng, Jill va men qurbonlar va ularning oilalari uchun duo qilamiz. Barchamiz nafrat va zo‘ravonlikka qarshi birlashishimiz kerak", deb yozgan u.

O‘z navbatida, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen Qo‘shma Shtatlar so‘nggi kunlarda terrorizmga qarshi kurashda jabr ko‘rgan Yevropani qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi.

"Qo‘shma Shtatlar Vena aholisi uchun duo qilmoqda. Bunday nafrat va zo‘ravonlik uchun hech qanday sabab yo‘q. Biz Avstriyani, Fransiyani va butun Yevropani terrorizmga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlaymiz", deyiladi AQSH Milliy xavfsizlik kengashining Oq Uydagi Twitter’dagi sahifasida sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Avstriya poytaxti Venada terakt sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh terakt Avstriya

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing