AQSH “Ansorulloh” nishoniga aylangan BAAga qiruvchi samolyotlar yuboradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning “Ansorulloh” harakatiga qarshi kurashda yordam berish uchun BAAga USS Cole raketa esminetsini va bir nechta beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini yuboradi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi bayonotida ma’lum qilindi

BAAga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Al-Nahayon o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng qabul qilindi. Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Ostin va Al-Nahayon hutiylarning BAAda tinch aholi qurbon bo‘lishiga olib kelgan so‘nggi hujumlarini muhokama qilgan. 

Bundan tashqari, Lloyd AQSH harbiylari hutiylar tomonidan amalga oshiriladigan raketa hujumlarining oldini olish uchun BAAga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishda davom etishini aytgan. 

Isyonchilar yanvar oyi o‘rtalaridan beri BAA hududini uch marta raketa uchirib, agar amirliklar “Yamandagi tajovuz va blokadani” to‘xtatmasa, bu hujumlar ko‘lamini oshirish bilan tahdid qilgan. 

Yamanda 2014 yil avgustidan beri hukumat kuchlari va isyonchi qurolli guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. 2015 yil mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya mamlakatga bostirib kirishi bilan u o‘zining eng faol bosqichiga kirdi. Olti yildan ortiq davom etgan mojarolar dunyodagi eng yirik gumanitar inqirozga olib keldi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 24 milliondan ortiq yamanlik (mamlakat aholisining qariyb 80 foizi) insonparvarlik yordamiga muhtoj, ichki ko‘chirilganlar soni esa 4 milliondan oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh BAA

Baholaganlar

393

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing