AQSH Afg‘onistonga qaytmaydi – Trampning maslahatchisi
Olam
−
20 yanvar
1893Afg‘oniston AQSH uchun muhim ahamiyatga ega, lekin amerikaliklar ushbu mamlakatga qaytmaydi. Bu haqda AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lishi kutilayotgan Maykl Uolts “The Washington Post” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Tramp ma’muriyati razvedka hamjamiyatini va terrorizmga qarshi kurash harakatlarini diqqat bilan o‘rganib chiqadi va Amerika ko‘z-quloqlarini ochiq holda saqlaydi. Bu Qandahorga qaytib, u yerda yana jang qilish kerakligini anglatmaydi. Bu pozitsiya biz Kanzas-Siti hujumga uchraguncha kutib turolomasligimizni anglatadi”, dedi u.
Shuningdek, Uolts AQSHning milliy xavfsizligiga Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar tobora kuchayib borayotgani va bir kun kelib Qo‘shma Shtatlar u yerga qo‘shin yuborishga majbur bo‘lishidan ogohlantirgan.
Biroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bunday bayonotlarni haqiqatdan yiroq deb hisoblab, mamlakatda hech bir shaxs yoki guruhga terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmasligini ta’kidlagan.
Nashrga ko‘ra, Uolts Afg‘onistondan qo‘shinlarni butunlay olib chiqishni qarshi bo‘lgan. Ammo u Tramp ikkinchi prezidentlik davrida AQSHning Afg‘onistonga nisbatan siyosati qanday o‘zgarishini bilmasligini, lekin AQSH Afg‘onistondan ichki ma’lumot olish imkoniyatlarini yaxshilashi kerakligini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, 2001-2021 yillarda AQSH terrorizmga qarshi kurash va Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar olib borgan. 2021 yilda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, AQSH qo‘shinlari bu mamlakatni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida Qo‘shma Shtatlar 2001 yil 11 sentyabrdagi terror hujumi bilan boshlangan urush davrini tugatishi kerakligin aytgan edi. Xususan, Bayden mamlakat sobiq prezidenti Barak Obama davrida vitse-prezident sifatida AQSH Iroqdagi harbiy amaliyotlarini to‘xtatganini, o‘zining prezidentlik davrida esa qiyin bo‘lishiga qaramay to‘g‘ri qaror bilan AQSH Afg‘onistonni tark etganini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi