AQSH Afg‘onistondan 7 milliard dollarni o‘g‘irladi – Putinning vakili “Tolibon”ning talabini qo‘llab chiqdi

Olam

image

Rossiya Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakatining AQSH tomonidan muzlatilgan afg‘on aktivlarini qaytarish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Toshkentda o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.  

“Men Afg‘onistonga tegishli bo‘lgan, muzlatib qo‘yilgan, ammo AQSH tomonidan o‘g‘irlangan yetti milliard dollarni so‘zsiz, so‘zsiz qaytarishni talab qilgan tashqi ishlar vaziri [Amirxon] Muttaqini chin dildan qo‘llab-quvvatlayman”, deydi Kabulov.  

Uning fikricha, rezidenti kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan mamlakatdan 7 milliard dollar o‘g‘irlash jinoyat hisoblanadi. 

“Xuddi shu narsa Jahon banki hisobidagi Afg‘onistonning muzlatilgan 2,5 mlrd dollar gumanitar yordamiga ham taalluqli. Keyin ular ikkiyuzlamachilik bilan uni blokdan chiqarib, qismlarga bo‘lib, afg‘onlarga qaytaryapti, bu ablahlik.", deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston Markaziy bankini Vashington tomonidan tayinlangan direktor boshqarishi haqidagi talabni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. 

“Bu xalqaro hamjamiyatning fikri emas, men buni Rossiya Federatsiyasi vakili, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida aytaman. Va biz bu fikrda yolg‘iz emasmiz”, deya ta’kidlagan Rossiya Prezidentining maxsus vakili.

Eslatib o‘tamiz, konferensiyada ishtirok etgan Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqi Qo‘shma Shtatlarni xorijiy banklarda bloklangan afg‘on aktivlariga taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Bu, uning fikricha, Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishi uchun juda ijobiy bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Zamir Kabulov

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar