AQSH Afg‘onistonda demokratiya qurishni maqsad qilmagandi — Jo Bayden

Olam

image

AQSH hech qachon Afg‘onistonda demokrtiya qurishni maqsad qilmagan. U o‘z hududiga terrorchilarning hujum qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mintaqada qolgan. Bu haqda kecha, 16 avgust kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.

“Bizning Afg‘onistondagi missiyamiz hech qachon davlat qurishni ko‘zda tutmagan. U hech qachon yagona, markazlashgan demokratiya qurishga mo‘ljallanmagan edi. Bizning Afg‘onistondagi yagona vazifamiz ... Amerika tuprog‘iga hujumlarning oldini olish edi”, degan Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bu muammoni hal qilgan. Terrorchilar hozir boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda va Vashington bu yangi tahdidlarga qarshi turishi kerak.

“Men askarlarimizni boshqa mamlakatlardagi doimiy fuqarolik urushlariga yuborishni xohlamayman va bunday qilmayman. Bu AQSHning milliy manfaatlariga mos emas”, degan Bayden Oq uydagi bayonoti vaqtida.

U AQSHning bunday harbiy operatsiyasi faqatgina askarlar o‘limiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.

Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing