AQSH “abadiy urushlar”da qatnashishdan bosh tortdi
Olam
−
04 mart 2021
6860AQSH endi uzoq muddatli urushlarda qatnashmaydi. Bu haqda "Oq Uyning Milliy xavfsizlik bo‘yicha vaqtinchalik strategik yo‘riqnomasi"ga asoslanib xabar berilgan.
"AQSH minglab odamlarning hayoti va trillionlab dollarlar yo‘qotishga sabab bo‘luvchi "abadiy urushlar"da qatnashmasligi kerak va qatnashmaydi", deyilgan hujjatda.
Oq uy Amerikaning Afg‘onistondagi "eng uzoq urush"ni tugatish va dushmanlarni jilovlash hamda ularning manfaatlarini himoya qilish uchun chet ellik hamkorlar bilan ishlash niyati borligini ta’kidlagan.
"Bizning ishtirokimiz Hind-Tinch okeani va Yevropada eng kuchli bo‘ladi. Yaqin Sharqda o‘z harbiy kuchimizni xalqaro terroristik tarmoqlarni buzish, Eronning tajovuzkorligini jilovlash va AQSHning boshqa hayotiy manfaatlarini himoya qila oladigan zarur darajaga yetkazamiz", deya ta’kidlagan AQSH ma’muriyati.
LiveBarchasi