AQSH 6 ming talaba vizasini bekor qildi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti 6000 dan ortiq xalqaro talabaning vizasini bekor qildi. Bunga ularning mamlakat qonunlarini buzishi va vizaning amal qilish muddatidan oshib ketishi sabab bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, qoidabuzarliklarning katta qismi tajovuz, mast holda transport boshqarish, o‘g‘irlik va "terrorizmni qo‘llab-quvvatlash" kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq. Shu bilan birga, "terrorizmni qo‘llab-quvvatlash" atamasi ostida nimalar nazarda tutilgani aniq ochiqlanmadi. Tramp ma’muriyati Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik bildirgan ayrim talabalarni ham antisemitizmda ayblab, nishonga olgan edi.

Bekor qilingan vizalarning qariyb 4000 tasi turli huquqbuzarliklar uchun, yana 200–300 tasi esa "INA 3B" bandi doirasida "terrorchilik faoliyati" bilan bog‘liq ayblovlar tufayli bekor qilingani bildirildi. Ushbu kodeks "inson hayotiga xavf tug‘diruvchi yoki AQSH qonunlarini buzuvchi" harakatlarni terrorchilik sifatida belgilaydi.

Tramp ma’muriyati xalqaro talabalar uchun viza jarayonlarini ham keskin kuchaytirdi. 2024 yil boshida talaba vizalarini tayinlash vaqtincha to‘xtatilgan, iyun oyidan esa qayta tiklangach, abituriyentlardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ham ochiq qilish talab qilingan. Endilikda ular "fuqarolarga, madaniyatga, hukumatga yoki AQSHning asosiy tamoyillariga dushmanlik belgilarini" aniqlash uchun qo‘shimcha skriningdan o‘tkaziladi.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio may oyida Kongressga bergan bayonotida yanvar oyidan buyon "minglab vizalar bekor qilinganini" ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hukumat "mehmonga kelib, ta’lim muassasalarida tartibni buzayotgan" talabalarni chiqarib yuborishda davom etadi.

Biroq demokrat qonunchilar bu choralarni tanqid qilib, Tramp ma’muriyatining xalqaro talabalar vizasini bekor qilish amaliyotini "qonuniy jarayonga hujum" deb atashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘azodagi janglarni qoralagan amerikalik talaba diplomdan mahrum qilingan edi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh viza Tramp Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing