AQŞ 35 yil içida ilk bor yangi yadroviy aviabomba işlab çiqişga qaror qildi
Olam
−
13:41 305 3 daqiqa
AQŞ Senatining byudjet hujjatlarida sovuq uruş tugaganidan beri ilk marta yangi yadroviy aviabomba – B94 ning işlab çiqilişi haqida ma’lumot paydo böldi. harbiy texnologiyalarga oid “The War Zone” (TWZ) naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, aviabomba haqidagi ma’lumotlar Energetika vazirligini 2027 moliya yilida moliyalaştiriş töğrisidagi qonun loyihasiga ilova qilingan tuşuntiriş xatidan örin olgan. Milliy yadroviy xavfsizlik boşqarmasining (NNSA – AQŞ yadroviy arsenalini nazorat qiluvçi idora) xarajatlar jadvaliga köra, kelgusi yilda B94 dasturi uçun 77,1 million dollar ajratiş taklif etilmoqda. TWZ qayd etişiça, 2026 yilda uşbu xarajat moddasi mavjud bölmagan, hujjatda öq-dorining xususiyatlari tavsifi esa keltirilmagan.
Naşrning tuşuntirişiça, Amerika tasnifida B harfi raketalar uçun jangovar kallakni (W) emas, balki erkin tuşuvçi aviabombani anglatadi. AQŞ sönggi bor yangi indeksga ega aviabomba – B90 loyihasini sovuq uruş oxirida işlab çiqqan: uşbu dastur 1991 yilda SSSR parçalanganidan keyin töxtatilgan. Öşandan beri Vaşington eski zaryadlarni, masalan, allaqaçon qöşinlarga yetkazib berila boşlagan B61-13 gravitatsion yadroviy bombasini modernizatsiya qiliş bilan çeklanib kelgan. “Breaking Defense” naşri Stenford universitetining qurollar ustidan nazorat böyiça eksperti Jeffri Lyuisga tayanib yozişiça, B94 ehtimol eskirgan öta qudratli B83-1 termoyadroviy bombasining “yer ostiga kirib boruvçi” örinbosariga aylanadi.
TWZ ham şunga öxşaş baho bermoqda: yangi işlanma çuqur kirib boruvçi NDS-A bunkerga qarşi bombasini ifodalaşi mumkin. Bunday qurol oddiy öq-dorilar bilan yöq qilib bölmaydigan öta himoyalangan yerosti qömondonlik punktlari va şaxtalarni vayron qiliş uçun möljallangan.
1990 yillarda şunga öxşaş B61-11 bombasi Şimoliy Uraldagi Kosvinskiy Kamen toği ostida joylaşgan Rossiya yerosti majmuasini nişonga olgan holda yaratilgan, biroq öşandan beri Rossiya, Xitoy va Eron yanada çuqurroq istehkomlar qurgan. Şuningdek, B94 ni yaratiş – W93 va W87-1 jangovar kallaklari, Sentinel raketalari, B-21 Raider bombardimonçi samolyotlari hamda Columbia toifasidagi suvosti kemalarini işlab çiqiş bilan bir qatorda AQŞning butun yadroviy triadasini yangilaş böyiça keng kölamli dasturining bir qismi ekani ta’kidlanmoqda.
B94 qayd etilgan qonun loyihasi hali Amerika Kongressida ovoz beriş jarayonidan ötişi va AQŞ Prezidenti tomonidan imzolanişi kerak. Biroq yangi indeks paydo bölişining özi AQŞ yadroviy qurol-yaroğ majmuasi içida dastur allaqaçon rasman mavjudligini va öz şifrini olganini anglatadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pantex zavodi AQŞ Harbiy-havo kuçlariga modernizatsiya qilingan B61-13 gravitatsion yadroviy bombalarini yetkazib berişni boşlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi