AQSH 125 ming qochqin qabul qilmoqchi. Qanchasi Markaziy Osiyoga atalgan?

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2022 yilda mamlakatga qochqinlarni qabul qilish kvotasini 62,5 mingdan 125 mingtaga ko‘paytirdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda so‘z boradi.

“2022 moliyaviy yilda Qo‘shma Shtatlarga 125 minggacha qochqinning qabul qilinishi insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqadi yoki milliy manfaatlarga mos keladi”, deb ta’kidladi Amerika rahbari.

Shu bilan birga, Vashington ma’muriyati Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 10 ming qochqinni qabul qilmoqchi. Taqsimot esa quyidagicha:

  • Afrika – 40 ming
  • Sharqiy Osiyo – 15 ming
  • Yevropa va Markaziy Osiyo – 10 ming
  • Lotin Amerikasi/Karib dengizi – 15 ming
  • Yaqin Sharq/Janubiy Osiyo – 35 ming
  • Zaxira – 10 ming 

Bunga qadar hukumat Kongressni mamlakatga qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirish niyati haqida ogohlantirgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Bayden Tramp davrida o‘rnatilgan kvotani 15 mingdan (1980 yildan beri eng past ko‘rsatkich) 62,5 mingga oshirgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, afg‘on inqirozidan so‘ng, AQSH rasmiylari mamlakatda joylashgan harbiy bazalarining 8 tasiga 53 mingdan ortiq qochqinni joylashtirdi. Qayd etish kerakki, ushbu bazalarda afg‘onlar va harbiylar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan holatlar ham bo‘ldi, hatto afg‘onistonlik qochqin erkaklar amerikalik ayol harbiyga hujum qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bundan tashqari, mingga yaqin afg‘onistonliklar ushbu bazalarni hech qanday xat-hujjatsiz tashlab ketdi. O‘z navbatida, jamoatchilik faollari och, uysiz, pulsiz va tilni bilmaydigan hamda urush ko‘rgan afg‘onlar amerikaliklar uchun xavf tug‘dirishidan xavotirda ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing