AQSH husiylarning yerosti qurol omborlariga zarba berdi

Olam

image

AQSH kuchlari Yamandagi husiylarning beshta mustahkamlangan yerosti qurol omboriga zarba berdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostinning kecha, 16 oktyabr kuni ma’lum qildi.

Uning aytishicha, omborlarda husiylar mintaqa bo‘ylab fuqarolik va harbiy kemalarga hujum qilish uchun ishlatadigan turli xildagi “qurol komponentlari” bor.

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada AQSH harbiy-havo kuchlarining B-2 Spirit strategik yashirin bombardimonchi samolyotlari ishtirok etgan.

“Bu Qo‘shma Shtatlarning dushmanlarimiz qanchalik chuqur yer ostida, himoyalangan yoki mustahkamlangan bo‘lishidan qat’i nazar, ularni qo‘l ostida ushlab turishga intilayotgan nishonlarga zarba berish qobiliyatining noyob namoyishi bo‘ldi”, dedi AQSH Mudofaa vaziri bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroilga qarshi qaratilgan Eron boshchiligidagi “qarshilik o‘qi”ning bir qismi bo‘lgan Yaman husiylari Arab dengizi va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozida Isroil bilan bog‘langani aytilayotgan xorijiy kemalarga muntazam hujum qilib kelmoqda. Bir nechta kemalar cho‘kib ketgan va shikastlangan. Husiylar AQSHning bir nechta kuzatuv dronlarini ham urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ilgari Qo‘shma Shtatlar husiylarning AQSH va uning ittifoqchilarining kemalari va harbiy kemalariga hujumlariga javoban ularning nishonlariga bir necha bor zarbalar bergan. Isroil ham Yamanni, jumladan, Xodeyda portini bir necha bor bombardimon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing