Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

AQSH husiylarning qurol-yarog‘ omborlariga zarba berdi 

Olam

image

AQSH kuchlari Yaman shimoli-g‘arbidagi Saada viloyatida husiylar harakatining qurol-yarog‘ omborlariga yana hujum qildi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, AQSH Sahroi Kabir hududida husiylar tomonidan qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga qator zarbalar bergan.

Avvalroq Yaman husiylari tomonidan boshqariladigan “Al Masirah” telekanali hudud ikki marta havodan zarba berilgani haqida xabar bergan edi.

24 mart kuni kechqurun “Al Arabiya” telekanalining xabar berishicha, AQSH Saada viloyatidagi husiylarning qurol-yarog‘ omborlariga 10 dan ortiq havo hujumi uyushtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Qo‘shma Shtatlar Prezident Donald Trampning buyrug‘i bilan Yaman hududining uchdan bir qismini nazorat qilayotgan husiy nishonlariga yirik zarbalar berishni boshlagandi. AQSH Markaziy qo‘mondonligiga ko‘ra, operatsiya Amerika manfaatlarini himoya qilish va navigatsiya erkinligini ta’minlashga qaratilgan.

Bunga javoban husiylar harakati Qizil dengiz shimolida Amerikaning USS Harry Truman aviatashuvchi kemasiga raketa va uchuvchisiz samolyotlar yordamida bir qator hujumlar uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing